«muzlatilgan aktivlar» tegli maqolalar


Rossiya muzlatilgan 7 mlrd dollarni Afg‘onistonga qaytarishni yoqlab chiqdi
26 iyul 2022, 17:25

Rossiya muzlatilgan 7 mlrd dollarni Afg‘onistonga qaytarishni yoqlab chiqdi

Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro anjumanda Rossiya maxsus vakili muvaqqat hukumatning xorijda muzlatilgan 7 mlrd dollarni qaytarish bo‘yicha talablarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. «Fuqarosi kuniga 1 dollardan kam daromad oladigan davlatning 7 mlrd dollarini o‘g‘irlash jinoyat hisoblanadi», — dedi u.

Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan $70 mlnlik aktivlari qaytarib beriladi
24 dekabr 2021, 10:36

Gulnora Karimovaga Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan $70 mlnlik aktivlari qaytarib beriladi

Shveysariyaning federal jinoyat sudi Gulnora Karimova benefitsiari bo‘lgan Takilant kompaniyasining muzlatilgan 350 mln dollar ko‘proq mablag‘ning 293 mln dollarini musodara qildi. Taxminan 70 mln dollar esa jinoyat natijasiga qo‘lga kiritilgani aniqlanmagani uchun kompaniyaga qaytariladi. Shu bilan sud Karimova bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida yana bir bobni yopdi. Adliya vazirligi 293 mln dollarni O‘zbekistonga qaytarishga umid qilmoqda.

Jahon banki Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan $280 mln ajratadi
3 dekabr 2021, 13:53

Jahon banki Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan $280 mln ajratadi

Jahon banki boshqaruvi Afg‘oniston rekonstruksiya trast jamg‘armasi donorlari mablag‘ o‘tkazishni tasdiqlaganidan so‘ng Afg‘onistonga muzlatilgan aktivlardan 280 mln dollar ajratadi. Donorlar uchrashuvi 3 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Ular haqda nimalar ma’lum?
17 sentabr 2021, 20:39

O‘zbekiston Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Ular haqda nimalar ma’lum?

Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatni hisobga olgan holda xorij banklaridagi afg‘on aktivlarini qaytarishni taklif qildi. Gap avgust o‘rtasida «Tolibon» qo‘liga tushmasligi uchun AQSh tomonidan muzlatilgan Afg‘oniston Markaziy bankining milliardlab dollarlari haqida ketmoqda.

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin
4 dekabr 2020, 18:30

Gulnora Karimova Shveysariya bankidagi muzlatib qo‘yilgan 350 mln dollarlik aktivlarini qaytarib olishi mumkin

Shveysariyaning federal apellyatsiya sudi Gulnora Karimovaning Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefitsiari ekani to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi. 2018 yilgi ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatilgan edi. Endi, Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olishi mumkin. “Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba”, — dedi uning advokati Gregori Manja.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting